Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Mahsulot katalogi

  • So‘rov

    Sizga sayt yoqdimi?

    Ha

     13 (81%)

     

    Yo'q

     3 (19%)

     

So‘rovda qatnashganingiz uchun rahmat

Mineral o'g'itlar

  • Karbamid

    Karbamid

    GOST 2081-2010 Код ТН ВЭД 310 210 1000

    Karbamid sanoatda elimlar, qatron va boshqalarni tayyorlashda xomashyo sifatida, qishloq xo’jaligida, shu jumladan xususiy xo’jaliklarda va fermer xo’jaliklarida mineral azotli o’g’it sifatida, shuningdek chorvachilikda qo’shimcha ozuqa sifatida qo’llaniladi. Karbamid qo’llanilishiga qarab ikkita markada («A» ва  «B») ishlab chiqariladi.

  • Ammiakli selitra

    Ammiakli selitra

    GOST 2-2013 Код ТН ВЭД 310 230 9000

    Ammiakli selitra  - yarmi g’arakatchan, tez o’zlashadigan  nitrat shaklidagi va yarmi sekin g’amda davomli ta'sir etuvchi ammiak shaklidagi, tarkibi 34,4 %  azotdan iborat bo’lgan universal azotli o’g’itdir. O’g’it - o’simliklar tomonidan to’liq va tezda o’zlashtiriladi, u turli qishloq xo’jalik ekinlariga  keng ta'sir etadi.   Selitra ikkita markada ishlab chiqariladi: "A" - sanoatda xomashyo sifatida, shuningdek oddiy portlovchi moddalarni tayyorlashda va "B" - qishloq xo’jaligida foydalaniladi.

  • Ammoniy sulfat

    Ammoniy sulfat

    GOST 9097-82 Код ТН ВЭД 310 221 0000

    Ammoniy sulfat o’g’iti - tarkibi ammoniy shaklidagi 21% azot va sulfat-ion shaklidagi 24% dan ortiq oltingugurtdan iborat bo’lgan, o’simliklarni  oziqlanishi uchun muhim bo’lgan o’g’itdir. U ozgina gigroskopik bo’lib, kam yopishadi, yaxshi sochiladi va suvda tez eriydi, havoda yoyilib ketmaydi va sochiluvchanligini saqlaydi. Tashqi ko’rinishi jihatidan ammoniy sulfat - oq yoki nimrangli kristall holdagi kukun bo’lib, och sariq va pushti rangda ham bo’lishi ruxsat etiladi. Ammoniy sulfat ozuqa sifatida qo’llaniladi.  Bu o’g’itni nafaqat bahorda, kuzda ham yerga solish mumkin, chunki ammoniy sulfatning ammoniyli azoti tuproqdan yuvilib ketmaydi va o’simliklar tomonidan yaxshi o’zlashtiriladi.

  • SUVDA ERUVCHAN  AZOT-FOSFOR-KALIY MIKROELEMENTLI KOMPLEKS MINERAL O‘G‘IT

    SUVDA ERUVCHAN AZOT-FOSFOR-KALIY MIKROELEMENTLI KOMPLEKS MINERAL O‘G‘IT

    Ts 00203849-144:2020 Код ТН ВЭД 310 520 1000

    Suvda eruvchan NPK mikroelementli – o‘g‘it tomorqa uchastkalari, bog‘lar va polizlarning turli xildagi tuproq va har qanday  ekinlar ostiga solinganda  maksimal samara beradi. Bahor va kuz oylarida tuproqni qaytadan chopib chiqqanda, asosiy va mahalliy (chuqurchalarga) solish,shuningdek  o‘simliklarning vegetatsiya davrida oziqlantirish uchun qo‘llaniladi.

  • KOMPLEKS O‘G‘IT NPKS

    KOMPLEKS O‘G‘IT NPKS

    Код ТН ВЭД 310 510 0000

    SUVDA ERUVCHAN XLORSIZ KOMPLEKS O‘G‘IT NPKS Ts 00203068-81:2020(Kod TN VED 310 510 0000) Suvda eriydigan xlorsiz kompleks o‘g‘it NPKS ekishdan oldin tuproqqa sepish uchun ham, urug‘larni ekish oldidan ishlov berish  uchun  issiqxonalar va ochiq yerga sepish orqali ishlatiladi. Suvda eruvchan xlorsiz murakkab o‘g‘it NPKS  tarkibida azot, fosfor, kaliy va oltingugurt kabi asosiy oziq moddalar mavjud.

  • Magniy bilan modifikatsiyalangan karbamid

    Magniy bilan modifikatsiyalangan karbamid

    Ts 00203068-74:2018 Код ТН ВЭД 310 210 1000

    Qishloq xo‘jaligi va chakana savdo uchun o‘g‘it sifatida mo‘ljallangan magniy bilan modifikatsiyalangan karbamid. Magniy bilan modifikatsiyalangan karbamid, o‘zining fizika-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha jadvalda ko‘rsatilgan talablarga mos bo‘lishi kerak!

  • Magniy nitrat

    Magniy nitrat

    Ts 00203068-73:2018 (Kod TN VED 310 290 0000)

    Azot-magniy to‘liq suvda eriydigan o‘g‘itdir. Issiqxona va ochiq tuproqda sug‘orishda va ildizdan tashqari o‘g‘itlash uchun qo‘llaniladi. Kimyoviy formulasi-Mg(NO3)2 * 6N2O.

  • Kas-suyuq azotli o'g'it

    Kas-suyuq azotli o'g'it

    TSh 6.3-82:2006 Код ТН ВЭД 310 280 0000

    Suyuq azotli o’g’it (KAS) - karbamid va ammiakli selitradan iborat bo’lgan suyuq holdagi o’g’itdir. KAS qishloq xo’jaligida mineral o’g’it sifatida qo’llash uchun mo’ljallangan.

  • Texnikaviy magniy sulfat

    Texnikaviy magniy sulfat

    O‘zMSt 201:2024 Код ТН ВЭД TIF TN kodi 283 321 0000

    Texnikaviy magniy sulfat – bu tarkibida 15% dan yuqori magniy va 12% dan kam bo‘lmagan oltingugurt mavjud bo‘lgan samarali magniyli o‘g‘itdir.  Suvda eriydi, yopishib qolmaydi, tuproqda yaxshi taqsimlanadi. Magniy o’simliklarni tuproqdan fosforni olishini va o‘simliklar tomonidan uning o‘zlashtirilishini yaxshilaydi. Tuproqda magniyning yetishmasligi, barglarni marmar tusga kirishini va o‘simliklarda xlorozni keltirib chiqaradi. Bunday hollarda magniy o‘g‘itini qo‘llash zarur. Magniy sulfat meva va sabzavotlarning hosildorligini oshiradi, ularning sifatini, ya’ni kartoshkaning serkraxmalliligi, meva va sabzavotlarni servitaminliligini oshiradi.

  • Kaliy sulfat

    Kaliy sulfat

    Ts 00203068-48:2015 Код ТН ВЭД 310 430 0000

    Kaliy sulfat- tarkibida kaliy miqdori 48% dan kam bo’lmagan yuqori samarali konsentrlangan kaliyli o’g’itdir. Kaliy sulfat qishloq xo’jaligi va chakana savdo uchun o’g’it sifatida mo’ljallangan.

  • KAS asosidagi universal ozuqa eritmalar

    KAS asosidagi universal ozuqa eritmalar

    Ts 00203068-01:2013 Код ТН ВЭД 3102 90 0000

    Universal ozuqa eritmalar (UOE) - qishloq xo’jaligi uchun mineral o’g’it sifatida mo’ljallangan, KAS- azot-fosfor- kaliy  asosidagi suyuq kompleks o’g’itdir. UOE KAS-FK ni olish uchun asosiy xomashyo bo’lib,  KAS, ammofos va   kaliy xlorid hisoblanadi.

  • Ammiakli selitra asosidagi universal ozuqa eritmalar

    Ammiakli selitra asosidagi universal ozuqa eritmalar

    Ts 00203068-02:2013 Код ТН ВЭД 3102 90 0000

    Universal  ozuqa eritmalar (UOE) - qishloq xo’jaligi va chakana savdo uchun mineral o’g’it sifatida mo’ljallangan, tarkibida azot - kaliyli, azot -fosforli, azot - fosfor- kaliyli o’g’itlar mavjud bo’lgan ammiakli selitra eritmasi asosidagi suyuq kompleks o’g’itdir.