Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Mahsulot katalogi

  • So‘rov

    Sizga sayt yoqdimi?

    Ha

     13 (81%)

     

    Yo'q

     3 (19%)

     

So‘rovda qatnashganingiz uchun rahmat

Kimyoviy mahsulotlar

  • Texnikaviy suyuq ammiak

    Texnikaviy suyuq ammiak

    GOST 6221-90 Код ТН ВЭД 281 410 0000

    Suyuq ammiak sanoatning turli sohalarida va qishloq xo’jaligida ishlatiladi, xalq xo’jaligi va eksport uchun tayyorlanadi. Uch xil: "А", "Аk" va "B" markalarda chiqariladi. "A" marka nitrat kislota ishlab chiqarish, azotlash uchun, sovituvchi modda sifatida hamda himoya muhitini vujudga keltirish uchun ishlatiladi. "Аk" marka eksportga chiqariladi. "B" marka o’g’itlarni ishlab chiqarish va qishloq xo’jaligida azotli o’g’it sifatida foydalanish uchun ishlatiladi.

  • Suvli texnikaviy ammiak

    Suvli texnikaviy ammiak

    GOST 9-92 Код ТН ВЭД 281 420 0000

    Suvli texnikaviy ammiak - tarkibida mexanik aralashmalar bo’lmagan o’ziga xos o’tkir hidli rangsiz tiniq suyuqlikdir. Suv va spirt bilan har qanday nisbatda aralashadi. Suvli texnikaviy ammiak ikki turda: "A" va «B» markalarda chiqariladi. - "A" marka sanoatning turli sohalarida; - "B" marka esa qishloq xo’jaligida azot o’g’iti sifatida foydalaniladi. Iqtisodiyot nuqtai nazarida ushbu turdagi azot eng arzon hisoblanadi. Kuzda ammiak tuproqqa solinganda eng yuqori samaraga  erishiladi, chunki u tuproqda qattiq o’g’itlardagi ammoniyli azotdan yaxshiroq ushlab qolinadi.

  • Suvli ammiak, reaktivlar

    Suvli ammiak, reaktivlar

    GOST 3760-79 Код ТН ВЭД 2814 20 0000

    Suvli ammiak reaktivi - tarkibida mexanik aralashmalar bo’lmagan o’ziga xos o’tkir hidli rangsiz tiniq suyuqlikdir.

  • Texnikaviy vodorod

    Texnikaviy vodorod

    GOST 3022-80 TN VED 280 410 0000

    Elektron, kimyo, farmasevtika sanoatida, rangli metallurgiya, aloqa vositalari sanoati va energetikada foydalaniladi.

  • Modifikatsiyalangan govakli selitra

    Modifikatsiyalangan govakli selitra

    Ts 00203068-70:2018 Код ТН ВЭД 3102309000

    Ts 00203068-70:2018 (Код ТН ВЭД 310 230 9000) Modifikatsiyalangan g‘ovakli selitra tog‘-metallurgiya korxonalari va eksport uchun mo‘ljallangan. Modifikatsiyalangan g‘ovakli selitra o‘zining fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha  jadvalda ko‘rsatilgan talablar va me’yorlarga mos bo‘lishi kerak.

  • Faol Rux oksidi

    Faol Rux oksidi

    Тs 00203068-29:2015 Код ТН ВЭД 281 700 0000

    Rux-oksid yutkichi chiqindilaridan olinadigan faol rux-oksididir. Ruxli belila olish va ruxli yutkichni tayyorlash jarayonida foydalaniladi. Faol rux oksidi o‘zining kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha jadvalda ko‘rsatilgan me’yorlarga mos bo‘lishi kerak.

  • Ammiakli selitra donalariga yuzaki ishlov  berish uchun Novo Flow markali yopishib  qolishga qarshi modda

    Ammiakli selitra donalariga yuzaki ishlov berish uchun Novo Flow markali yopishib qolishga qarshi modda

    Ts 00203068-18:2016 Код ТН ВЭД 382 000 0000

    Qo‘llash sohasi: Ammiakli selitra donalariga yuzaki ishlov berish uchun  NovoFlow markali yopishib qolishga qarshi modda – ammakli selitra donador zarralari yuzasining gidrofobizatori sifatida qo‘llaniladigan reagent. O‘g‘itning har bir optimal dozirovkasi faqat ishlab chiqarish sharoitlarida aniqlanadi. Yopishib qolishga qarshi modda dozalash nasosi va purkash uchun forsunkalar yordamida o‘g‘itning donalariga purkalishi kerak.

  • Past zichlikdagi ammoniy nitrat eritmasi

    Past zichlikdagi ammoniy nitrat eritmasi

    Ts 00203068-80:2019 Код ТН ВЭД 310 230 9000

    Past zichlikdagi ammoniy nitrat eritmasi sanoat portlovchi moddalarini ishlab chiqarish va sonoatning boshqa sohalari yoki eksport uchun  mo‘ljallangan. Past zichlikdagi ammoniy nitrat eritmasi o‘zining fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha  jadvalda ko‘rsatilgan  me’yorlarga mos bo‘lishi kerak.

  • Ammiakli selitra eritmasi

    Ammiakli selitra eritmasi

    Тs 00203068-69:2018 Код ТН ВЭД 310 230 1000

    Ammiakli selitra eritmasi sanoat portlovchi moddalarini ishlab chiqarish va iste'molchining talabi bo’yicha boshqa maqsadlar uchun mo’ljallangan.

  • Konsentrlangan nitrat kislota

    Konsentrlangan nitrat kislota

    GOST 701-89 Код ТН ВЭД 280 800 0000

    Konsentrlangan nitrat kislotani tayyorlash - magniy nitrat. Konsentrlangan nitrat kislota ikki turdagi markada: "A" va «B» chiqariladi. "A" marka buyumlarni ishlab chiqarishda, elektron va radioelektron sanoatida, organik birikmalarni nitrallash jarayonida, portlovchi moddalarni ishlab chiqarishda, metallarga kimyoviy ishlov berishda, tibbiyot sanoatida, plastmassalarni ishlab chiqarishda qo’llaniladi. «B» marka galvanik ishlarda, kimyoviy reaktivlarni ishlab chiqarishda, kimyoviy mahsulotlar aralashmalarini eritish uchun, organik birikmalarni nitrallash jarayonida, portlovchi moddalarni ishlab chiqarishda qo’llaniladi.

  • Konsentrlanmagan nitrat kislota

    Konsentrlanmagan nitrat kislota

    ТSh 6.3-75:2003 Код ТН ВЭД 280 800 0000

    Konsentrlanmagan nitrat kislota ammiakli selitrani, murakkab o’g’itlarni olish, metallarga kimyoviy usulda ishlov berish oksidlanish jarayonlari, qishloq xo’jaligi ehtiyojlari va eksport uchun mo’ljallangan.

  • Maxsus maqsadlar uchun belgilangan nitrat kislota

    Maxsus maqsadlar uchun belgilangan nitrat kislota

    ТSh 6.3-11:1994 Код ТН ВЭД 280 800 0000

    Maxsus maqsadlar uchun belgilangan nitrat kislota tajriba qurilmasida konsentrlangan nitrat kislotani ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqariladi. Elektron va metallurgiya sanoati uchun mo’ljallangan.

  • Nitrat kislota, reaktivlar

    Nitrat kislota, reaktivlar

    Тs 00203068-64:2017 Код ТН ВЭД 280 800 0000

    Nitrat kislota reaktivi radioelektronikada, tibbiyotda reaktivlarni tayyorlash uchun foydalaniladi. Nitrat kislota zichligining massa ulushi 56% bo’lganda 20 °C da -1,35 g/sm3, hamda massa ulushi 65% bo’lganda 20 °C da -1,4 g/sm3.

  • Suyuq azot-bioomborlar uchun

    Suyuq azot-bioomborlar uchun

    ТУ Уз 6.3-45-90 Код ТН ВЭД 280 430 0000

    Suyuq azot chuqur sovitish usuli bilan atmosfera havosidan olinadi. Suyuq azot xladagent sifatida qishloq xo’jalik korxonalari uchun foydalaniladi.

  • Gazsimon azot

    Gazsimon azot

    GOST 9293-74 Код ТН ВЭД 280 430 0000

    Gazsimon azot yengil oksidlanadigan mahsulotlarni ishlab chiqarishda inertli atmosferani yaratish, azot bilan o’zaro ta'sirda bo’lmaydigan metallarga yuqori haroratda ishlov berish, berk metall idishlar va quvurlarni konservasiyaga qo’yish uchun mo’ljallangan. Gazsimon azot - rangsiz va hidsiz inert gazdir.

  • Texnologik suyuq kislorod

    Texnologik suyuq kislorod

    GOST 6.3-69-99 Код ТН ВЭД 280 440 0000

    Chuqur sovitish va azot kabinalarida parchalash usuli bilan atmosferadan olinadigan suyuq kislorod. Suyuq texnologik kislorod metallarga gaz-alanga yordamida ishlov berish va boshqa texnik maqsadlar uchun  gazlashtirishdan so’ng qo’llaniladi.

  • Texnikaviy va tibbiy gazsimon kislorod

    Texnikaviy va tibbiy gazsimon kislorod

    GOST 5583-78 Код ТН ВЭД 280 440 0000

    Texnikaviy va tibbiy gazsimon kislorod past haroratli rektifikasiya hamda suvni elektroliz qilish usuli bilan atmosfera havosidan olinadi. Texnikaviy va tibbiy gazsimon kislorod  metallarga gaz-alanga bilan ishlov berish va boshqa texnik maqsadlar uchun qo’llaniladi. Tibbiy gazsimon kislorod nafas olish va sog’lomlantirish uchun qo’llaniladi.

  • Gazsimon va suyuq uglerod (p) oksidi

    Gazsimon va suyuq uglerod (p) oksidi

    GOST 8050-85 Код ТН ВЭД 281 121 0000

    Uglerod (P) oksidi metallarni payvandlashda himoya muhitini yaratish uchun; gazlangan ichimliklarni, quruq muzlarni ishlab chiqarishda oziq-ovqat maqsadlari uchun; oziq-ovqat mahsulotlari bilan to’g’ridan-to’g’ri va bavosita kontaktda bo’lganda, ularni sovitish, muzlatish va saqlash uchun; quyuv qoliplarini quritish uchun; yong’inni o’chirish va sanoatning barcha sohalarida qo’llaniladi.

  • Qattiq uglerod (p) - oksidi - quruq muz

    Qattiq uglerod (p) - oksidi - quruq muz

    GOST 12162-77 Код ТН ВЭД 281 121 0000

    Qattiq uglerod (P)- oksidi sovitilgan oziq-ovqatlar bilan bevosita yoki bavosita muzlangan va kontaktda bo’lish yo’li bilan sovitgan holda ishlov berish, saqlash, tashish va sotish uchun qo’llaniladi.   Texnik maqsadlar uchun foydalaniladi. Suyuq uglerod (P)- oksididan ishlab chiqariladi.

  • Past zichlikdagi ammoniy nitrat

    Past zichlikdagi ammoniy nitrat

    Ts 00203068-40:2016 Код ТН ВЭД 310 230 9000

    Past zichlikdagi ammoniy nitrat (g’ovakli selitra) sanoat maqsadlari uchun mo’ljallangan.

  • Ammoniy karbonat tuzlari

    Ammoniy karbonat tuzlari

    GOST 9325-79 Код ТН ВЭД 283 699 1700

    Ammoniy karbonat tuzlari (AKT) - asosi ammoniy karbonat (NH4)2CO3 va ammoniy bikarbonat NH4HCO3 dan iborat bo’lgan ammoniy karbonatning turli aralashmasidir. Ammoniy karbonat tuzlari yengil, kimyo sanoati va sanoatning boshqa tarmoqlarida qo’llashga mo’ljallangan. qo’llanilishiga qarab, ammoniy karbonat tuzlari ikki markada ishlab chiqariladi: "A"- organik sintez va kimyoviy reaktivlar ishlab chiqarish uchun; "B"- xromli terilarning flotasiya, bo’yash, neytrallash jarayonlari va boshqalar uchun.