Huquqshunoslik bo‘limi
Rahbar: Karakuziev Asqar
Lavozim: Huquqshunoslik bo'lim boshlig'i
Huquqshunoslik bo‘limining asosiy vazifasi - korxona faoliyatida qonunchilikka rioya qilishni ta’minlash va uning huquqiy manfaatlarini himoya qilishdir.
Huquqshunoslik bo‘limiga asosiy vazifa bilan bir qatorda quyidagi vazifalar yuklatiladi:
- huquqshunoslik bo‘limi korxona xodimlariga ularning murojaatlari bo‘yicha korxona faoliyatiga tegishli hujjatlarni topishda yordam berish, zarur bo‘lganda ularning holatini tushuntirish;
- shartnomalarni tayyorlash va tuzishda, ularni qonunchilikka mosligini tekshirishda va shartnomalar loyihasiga viza qo‘yishda ishtirok etish.