Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
  • Asosiy
  •  > 
  • Tenderlar
  •  > 
  • “MAXAM-CHIRCHIQ” AKSIYADORLIK JAMIYATI MAHSULOTLARNI VAQTINCHALIK SAQLASH BO‘YICHA TANLOV E’LON QILADI

  • So‘rov

    Sizga sayt yoqdimi?

    Ha

     13 (81%)

     

    Yo'q

     3 (19%)

     

So‘rovda qatnashganingiz uchun rahmat

“MAXAM-CHIRCHIQ” AKSIYADORLIK JAMIYATI MAHSULOTLARNI VAQTINCHALIK SAQLASH BO‘YICHA TANLOV E’LON QILADI

Chop etilgan sana: 10.07.2023 Buyurtmalar: 0
gacha muddat: 24 iyul 2023 18:00 Ko‘rib chiqishlar:3
 

“Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilayotgan mineral o‘g‘itlar va boshqa mahsulotlarni vaqtinchalik saqlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalarni tuzishda tadbirkorlik sub’ektlari va boshqa talabgor korxonalar o‘rtasida teng raqobatbardoshlik, jarayonini xolis va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida, korxonada vakolatli omborlarni tashkil qilishni tanlov asosida o‘tkazilishini e’lon qiladi.

Mineral o‘g‘itlarni saqlash uchun texnik va xavfsizlik talablariga to‘la javob beradigan vakolatli omborlarni hamda uni tashkil etuvchi munosib talabgorlarni tanlab olish elektron savdo tizimi orqali tanlov asosida maxsus tartibga asosan amalga oshiriladi va quyidagi talablarni e’lon qiladi:

 

VAKOLATLI OMBORNI TASHKIL QILISH

 

1. Vakolatli omborlarni tashkil etadigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar quyidagi talablarga javob berish kerak:

- yuridik shaxs maqomiga ega;

- O‘zbekiston Respublikasida joylashgan;

- O‘zbekiston Respublikasining qonun xujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, sog‘lom moliyaviy faoliyatga ega bo‘lgan, o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishda yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, mustaqil balansiga yoki smetasiga ega bo‘lgan tashkilot.

2. Tanlov talabgorlardan kelib tushgan takliflar asosida amalga oshiriladi.

3. Uchinchi shaxsga tegishli bo‘lgan omborxonalardan foydalangan holda vakolatli ombor, bank kafolati yoki boshqa likvidli qiymatga ega kafolat bilan ta’minlangan holda tashkil qilish mumkin.

4. O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxsi vakolatli ombor tashkil qilish bo‘yicha ariza topshirishi mumkin.

5. Hujjatlar konvertlarda muhrlangan holda 2023 yil 10 iyuldan 20 iyul soat 18:00 gacha qabul qilinadi.

6. Tanlovni o‘tkazish vaqti 2023 yil 24 iyul.

7. Tanlov Respublikamizning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari uchun o‘tkaziladi.

 

VAKOLATLI OMBOR TANLOVIDA ISHTIROK ETISH UCHUN TALAB QILINADIGAN HUJJATLAR

 

1. Yuridik shaxs nomidan tanlovda ishtirok etish uchun korxona rahbarining nomidan ariza (erkin shaklda rasmiy blankada).

2.  Ombor turi, hajmi, sig‘imi (elektron bazadan kadastr hujjatlaridan nusxa);

3. Ombor hamda garovga qo‘yiladigan mol-mulkning (agar ko‘chmas mulk bo‘ladigan bo‘lsa) buzilishga tushmaganligi to‘g‘risida tegishli tashkilotdan ma’lumotnoma.

            4. Omborning temir yo‘l izlari bilan ta’minlanganligi (yoki ombor hududidan 5 km uzoqlikkacha mavjud bo‘lgan temir yo‘l izi) va uning texnik sozligi to‘g‘risida ma’lumotnoma (Temir yo‘l boshqarmasidan yoki temir yo‘l stansiyasidan).

            5. Talabgor-yuridik shaxs bo‘yicha ma’lumotlar:

            - korxona/tashkilotning to‘liq va qisqartirilgan yuridik nomi;

            - yuridik va haqiqiy manzili;

            - nizom nusxasi, ta’sischilar shartnomasi, guvohnoma nusxasi;

            - tashkilot/korxona rahbarining pasport nusxasi, ishga tayinlash bayonnomasi va buyruq nusxasi.

            6. Tuman/shahar soliq bo‘limlaridan ma’lumotnoma (budjetdan va yer solig‘idan, mulk solig‘idan qarzdorligi).

            7. Xizmat ko‘rsatuvchi bankidan ma’lumotnoma (mavjud inkasso, hisob-raqamlar to‘g‘risida).

            8. Garovga qo‘yiladigan mol-mulk kadastr hujjatlari, uni baholash hisobotidan nusxa (tashkilotning mol-mulkini garovga qo‘yish bo‘yicha hamda tanlovda ishtirok etish yuzasidan ta’sischilarning yig‘ilish bayoni nusxasi (tanlab olingan yuridik shaxs tomonidan garovga qo‘yilayotgan moddiy boyliklar notarial tartibda tasdiqlanadi)).

            -garovga qo‘yilayotgan mol-mulkning qiymati, omborxona mahsulot sig‘imidan kelib chiqib, ortiladigan mahsulot summasidan kam bo‘lmasligi talab etiladi.

9. Sug‘urta shartnomasi (nusxasi) va sug‘urta polisi (asli) (tanlovdan keyin shartnoma tuzilishidan oldin taqdim qilinadi).

10. Kuzatuv kameralarining joylashuv xaritasi, elektron yoki mexanik yuk avtotarozilarining joylashuv xaritasi va internet tarmog‘iga ulanganlik to‘g‘risidagi shartnoma nusxasi.

11. Kalkulyatsiya (rasshifrovkasi) 1 (bir) tn mahsulotni korxonadan qabul qilish, saqlash (muddatidan qat’i nazar), ortish xizmati uchun.

 

 

VAKOLATLI OMBORGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

 

Omborning saqlash rejimi, birinchidan, mahsulotlarning saqlash sharoitiga qarab, ikkinchidan, omborda bajariladigan qo‘shimcha vazifalarga ko‘ra omborlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

- ombor turi: (temir beton, pishgan g‘isht (beton blok), metall konstruksiya, sendvich-panel, pol qoplamalari beton yoki asfalt), hajmi, sig‘imi 3000 tn 1200 kv.m dan, balandligi 4 metrdan kam bo‘lmasligi tavsiya etiladi (xom g‘ishtdan, paxsa devordan qurilgan omborlar tanlovda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi);

- omborning hududi va perimetr atrofi yoritish moslamalari bilan jihozlangan bo‘lishi;

- omborxonalarning zaxira chiqish (evakuatsiya) eshiklari bo‘lishi;

- ombor, binolarga avtomatik yong‘inga qarshi signalizatsiyasi o‘rnatilganligi;

- ombor, bino (inshootlar) va hududlarni yong‘inga qarshi qalqonlar bilan jihozlanganligi;

- ombor hududida hujjatlashtirish ishlari uchun alohida bino (xona)ning mavjudligi;

- kechayu-kunduz qo‘riqlash uchun sharoitning mavjudligi;

- omborlarning ichki va tashqi hududi, kirish-chiqish va hudud perimetri bo‘yicha (4 Mp kam bo‘lmagan Hikvision firmasiga mansub IP- kameralari o‘rnatilganligi hamda umumiy axborot tizimni integratsiyalash uchun kamida 4 Gb yozuv va 4 yozuv nuqtalariga yega video registrator) jihozlanganligi;

- onlayn tarzda internet tarmog‘iga ulangan kompyuter texnikalar va elektron yuk avtotarozilari  bilan ta’minlanganligi;

- uzluksiz elektr energiya ta’minoti bilan ta’minlanganligi;

- kechayu-kunduz qo‘riqlash uchun sharoitning mavjudligi.

Eslatma: "Buyurtmachi" va "Bajaruvchi" o‘rtasida onlayn axborot almashinuvini ta’minlash uchun kamida 6 Mbit/s tezlikka ega optik tolali internet tarmog‘iga ulanish va "EZVIZ" platformasi ro‘yxatidan o‘tish tavsiya etiladi.

- garov ko‘chmas mulk (kvartiradan tashqari), O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lmagan naqd pul shaklidagi moddiy boyliklar.

 

Ma’lumot olish uchun:

Pochta manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Toshkent ko‘chasi 2 uy

Telefon: +998(70)719-33-23

e-mail: birga@maxam-chirchiq.uz 

 
Back to the list